Вход в личный кабинет

Тендер - Химические реактивы (Ecdysterone - Техник β – экдистерон (2 β, 3 β, 14 α , 20R, 22R, 25 – Гексагидрокси-5β - холестен –7-ОН-6) Асосий талаблар: β – экдистерон миқдори (2 β, 3 β, 14 α, 20R, 22R, 25 – Гексагидрокси-5β - холестен –7-ОН-6) -90% дан кам бўлмаслиги/ намлиги- -3,0% дан кўп бўлмаслиги/Сульфатли кули-0,1% дан кўп бўлмаслиги. ТИФ ТН код 2938 90 900 0 №271713220

Описание тендера: Институт химии растительных веществ АН РУз объявляет тендер: Химические реактивы (Ecdysterone - Техник β – экдистерон (2 β, 3 β, 14 α , 20R, 22R, 25 – Гексагидрокси-5β - холестен –7-ОН-6) Асосий талаблар: β – экдистерон миқдори (2 β, 3 β, 14 α, 20R, 22R, 25 – Гексагидрокси-5β - холестен –7-ОН-6) -90% дан кам бўлмаслиги/ намлиги- -3,0% дан кўп бўлмаслиги/Сульфатли кули-0,1% дан кўп бўлмаслиги. ТИФ ТН код 2938 90 900 0
Сумма контракта: 565 691 445,00 UZS Получить финансовую помощь
Начало показа: 26.04.2024
Окончание: 03.05.2024 15:59:30
Тендер №: 271713220
Тип: Конкурс Тендерная аналитика
Отрасль: Химия / Химические элементы и соединения
Регион: Узбекистан / Ташкент
Регион поставки: Узбекистан / Ташкент
Источник: ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒

Зарегистрируйтесь и получите полную информацию о Заказчике, аналитику по снижению им цены и основным поставщикам.

Лот 1

Предмет контракта: Химические реактивы (Ecdysterone - Техник β – экдистерон (2 β, 3 β, 14 α , 20R, 22R, 25 – Гексагидрокси-5β - холестен –7-ОН-6) Асосий талаблар: β – экдистерон миқдори (2 β, 3 β, 14 α, 20R, 22R, 25 – Гексагидрокси-5β - холестен –7-ОН-6) -90% дан кам бўлмаслиги/ намлиги- -3,0% дан кўп бўлмаслиги/Сульфатли кули-0,1% дан кўп бўлмаслиги. ТИФ ТН код 2938 90 900 0
Цена контракта: 565 691 445,00 UZS Количество: 30 кг

Задать вопрос по тендеру: 
Документация
202404033208584955.doc 74 КБ 26.04.24 14:30 Действующая
202404195832165236.pdf 7,6 МБ 26.04.24 14:30 Действующая
202404195832523295.pdf 1,5 МБ 26.04.24 14:30 Действующая

Оглавление

    ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открытьd-dec-type {-:}

    ____________________ - sonli ShARTNOMA

    Toshkent shahri ________________ 2024 yil

    Xarid komissiyasining ______________________________________ qaroriga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O`simlik moddalari kimyosi instituti, keyingi o`rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi, Nizom asosida faoliyat yurituvchi Direktor Sagdullaev Sh nomidan, bir tomondan va ______________________ _________________________________, keyingi o`rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi, _____________ asosida faoliyat yurituvchi ______________________________________ ikkinchi tomondan, shuningdek, shartnomada “tomon” sifatida alohida va birgalikda “tomonlar” deb yuritiladi, ushbu shartnomani quyida keltirilganlar bo`yicha tuzdilar:

  • ShARTNOMA PREDMETI
    1.1. “Ijrochi” ushbu shartnomaning ajralmas qismi bo`lgan 1-ilovaga muvofiq, “Tovarlar”, miqdori va texnik tavsiflarga to`liq mos keladigan “Tovarlar”ni Buyurtmachining manzilga yetkazib berish majburiyatini oladi, “Buyurtmachi” esa ushbu shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda tovarlarni qabul qilish va haqini to`lash majburiyatini oladi.
  • ShARTNOMANING UMUMIY MIQDORI VA HISOB-KITOB TARTIBI
    2.1. Mazkur shartnoma bo`yicha “Ijrochi” tomonidan yetkazib beriladigan “Tovar”ning umumiy miqdori, QQS bilan _________________________________________________________ ________________________________________________________________ so`mni tashkil etadi.
    2.2. “Tovarlar” uchun hisob-kitoblar “Ijrochi”ning bank hisob raqamiga pul mablag`larini o`tkazish yo`li bilan naqd pulsiz hisob-kitob qilish orqali “Buyurtmachi” tomonidan amalga oshiriladi.
    2.3. “Buyurtmachi” ushbu shartnoma imzolangan va O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G`aznachilik xizmati qo`mitasidan ro`yxatga olingan vaqtdan boshlab, 10 (o`n) kalendar kun mobaynida shartnomaning umumiy summasini 15 (o`n besh) foizi miqdorida “Ijrochi”ga oldindan to`lovni amalga oshiradi.
    2.4. Keyingi to`lovlar “Buyurtmachi” tomonidan tovar yetkazib berilgandan va shartnomaning 2.9. bandida belgilangan tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so`ng 5 (besh) kalendar kun ichida “Ijrochi”ga to`lab beriladi.
    2.5. Tuzilgan shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish kafolati sifatida “Ijrochi” “Buyurtmachi”ning maxsus hisob raqamiga mazkur shartnoma tuzilganidan 5 (besh) bank ish kunidan kechikmasdan “Tovar” umumiy summasining 1 (bir) foizi miqdoridagi kafolat summasini o`tkazib berishga yoki xizmat ko`rsatuvchi bankning kafolatini taqdim etish majburiyatini ta`minlashi shart.
    2.6. Mazkur ta`minlash majburiyati bajarilmagan taqdirda “Buyutmachi” shartnomaning 2.3-bandida belgilangan muddat o`tganidan qat`iy nazar oldindan tulovni yoki navbatdagi to`lovni amalga oshirmaslikga haqli.
    2.7. Tuzilgan shartnoma bo`yicha majburiyatlarni bajarish kafolati berilmagan taqdirda, “Buyurtmachi” ushbu shartnomaning 2.4. bandi bo`yicha shartlar bajarilgunga qadar “Ijrochi” oldindan to`lovni amalga oshirmaslik huquqiga ega.
    2.8. Kafolat miqdori “Ijrochi”ga ushbu shartnoma shartlariga muvofiq miqdor va sifat bo`yicha “tovarlar” to`liq yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar “Ijrochi” tomonidan taqdim etilganidan keyin qaytariladi.
    2.9. “Tovar”lar umumiy miqdorining qolgan qismi “Ijrochi” tomonidan taqdim etilgan hisob-fakturalari, “Tovar”larni qabul qilish dalolatnomalariga muvofiq, yetkazib berilgan tovarlar uchun to`lovlar 5 (besh) kalendar kun ichida “Ijrochi” hisob raqamiga o`tkaziladi.
    2.10. “Ijrochi” tomonidan shartnoma shartlarini to`liq bajarmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda “Buyurtmachi” tomonidan unga nisbatan mazkur shartnomaga muvofiq hisoblanadigan neustoykalar (jarima, penya) ijrochini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomaning umumiy summasidan ushlab qolinadi.
  • TOVARLARNI Yetkazib BERISh MUDDATI VA TARTIBI
    3.1. “Ijrochi” avans mablag`lari (oldindan to`lov) uning hisob raqamiga tushgan paytdan boshlab tovarlarni yetkazib berishni boshlash majburiyatini oladi.
    Shuningdek, “Ijrochi” ushbu shartnoma shartlariga muvofiq shartnoma imzolangan paytdan boshlab “Tovar”ni yetkazib berishni boshlash huquqiga ega.
    3.2. “Tovar”larni yetkazib berish - oldindan to`lov to`lab berilgan kundan boshlab 90 (to`qson) kalendar kun ichida amalga oshiriladi. Tovarni yetkazib berishning so`nggi muddati 90 (to`qson) kalendar kun hisoblanadi.
    3.3. “Ijrochi” “Buyurtmachi”ni tovarni yetkazib berishga tayyorligi to`g`risida kamida 5 (besh) kalendar kun oldin xabardor qiladi.
    3.4. “Tovar”larni “Buyurtmachi”ga yetkazib berish (transport va boshqalar orqali) “Ijrochi”ning mablag`lari hisobidan belgilangan manzilga olib borish orqali amalga oshiriladi.
  • TOVAR SIFATI VA KAFOLATI
    4.1. “Ijrochi” yetkazib berilayotgan tovarlarning xarid hujjatlarida belgilangan texnik standart va shartlarga hamda mazkur shartnoma shartlarigaga mos kelishini kafolatlaydi.
    4.2. Tovarning sifati hamda miqdori shartnomaning 5.2. bandiga muvofiq “Tovar”ni yetkazib berish manzilida tekshiriladi va qabul qilib olinadi.
    4.3. “Ijrochi” shartnomada kelishilgan tovarlar uchun foydalanishning kafolatli muddati kamida 36 (o`ttiz olti) oy, kafolatlik xizmatning muddati esa kamida 12 (o`n ikki) oy taqdim etadi. Kafolat muddatining o`tishi tovar qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi.
    4.4. O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida”gi Qonunining 26-moddasiga asosan agar yetkazib berilgan tovarlar sifati bo`yicha standartlar, texnik shartlarga, qonunchilikda yoki xo`jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, “Buyurtmachi” tovarlarni qabul qilish hamda ularning haqini to`lashni rad etib, “Ijrochi”dan sifati lozim darajada bo`lmagan tovarlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, agar tovarlar haqi to`lab qo`yilgan bo`lsa, to`langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati lozim darajada bo`lmagan tovarlar yetkazib berganlik uchun jarima “Ijrochi”dan akseptsiz tartibda undirib olinadi.
    Jarimani undirish to`g`risidagi to`lov talabnomasi bank muassasasiga tovarlarning sifati lozim darajada emasligi to`g`risidagi dalolatnoma tuzilgandan keyin o`n kalendar kun ichida taqdim etiladi. Jarimani undirish to`g`risidagi to`lov talabnomasi belgilangan o`n kalendar kunlik muddatni buzgan holda taqdim etilgan hollarda, jarimani undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    4.5. “Ijrochi” shartnomada belgilangan standart va shartlarga mos kelmagan “Tovar” yetkazib berilgan va shartnoma shartlarining 5.3-bandini o`z muddatida bajarmagan taqdirda, “Buyurtmachi” shartnomaning 10.2-bandiga asosan bir tomonlama shartnomani bekor qilishga haqli bo`ladi.
  • TOVARLARNI QABUL QILISh
    5.1. “Tovar”ni qabul qilish - “Buyurtmachi”ning “Ijrochi” vakillari ishtirokida tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan shartnomada “Tovar”ga qo`yilgan talablar doirasida amalga oshiriladi.
    5.2. “Tovar”ni qabul qilib olish natijalari bo`yicha tovarlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Yetkazib berilgan tovarlarning ushbu shartnoma shartlariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish to`g`risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi hamda darhol “Ijrochi”ga taqdim etiladi.
    “Ijrochi”ning aybi bilan yetkazib berish vaqtida “Tovar”ning buzilishi yoki yo`qolishi uchun “Ijrochi” javobgar bo`ladi. Yo`qotilgan yoki buzilgan “Tovar”lar yetkazib beruvchining o`rniga yangi mahsulotni taqdim etishi orqali o`z hisobidan qoplanadi.
    5.3. “Ijrochi” aniqlangan kamchiliklarni dalolatnomani olgan kundan boshlab 10 (o`n) kun ichida o`z mablag`lari hisobidan bartaraf etishga majburdir. “Tovar”larni kabul qilib olish muddati qabul qilib olish to`g`risidagi yoki kamchiliklar bartaraf etilganligi to`g`risidagi dalolatnomaga asosan yuborilgan hisob-fakturalari asosida aniqlanadi.
  • TOMONLARNING MAJBURIYaTLARI
    6.1. “Ijrochi” majbur:
  • ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 (besh) bank kuni ichida “Buyurtmachi”ning hisob raqamiga “Tovar” umumiy summasining 1 (bir) foizi miqdorida kafolat summasini o`tkazishga yoki xizmat ko`rsatuvchi bank kafolatini berishga;
  • “Buyurtmachi”ni tovarni yetkazib berishga tayyorligi to`g`risida kamida 5 (besh) kalendar kun oldin xabardor qilishga;
  • v) “Buyurtmachi”ga “Tovar”ni ushbu shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda yetkazib berishga;

    g) agar “Tovar”ni yetkazib berish jarayonida shartnoma shartlarida belgilangan talablardan chekinishga yo`l qo`ygan bo`lsa, “Buyurtmachi”ning talabiga binoan 10 kunlik muddat ichida aniqlangan barcha kamchiliklarni bepul bartaraf etishga;

    d) tovarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan taqdim etishga;

    ye) “Tovar”ning undan foydalanish va saqlash vaqtida texnik shartlarga muvofiqligini kafolatlashga va kafolat muddati davomida “Buyurtmachi” tomonidan aniqlangan kamchiliklari mavjud tovarlarning nuqsonini bartaraf etishga va barcha xarajatlarni o`z zimmasiga olishga;

    j) shartnomani bajarilishi bilan bog`liq jarayonlarda korrupsiyaga yo`l qo`ymaslik

    va tomonlarning ichki ishlariga aralashmaslikka;

    z) ushbu shartnomada belgilangan tovarlarning o`z muddatida va tegishli texnik standartlar asosida yetkazib berilishini monitoring qilishda “Buyurtmachi”ga to`sqinlik qilmaslikka;

    k) ushbu shartnomada ko`rsatilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishga.

    6.2. “Buyurtmachi”:

  • ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda yetkazib berilgan tovarlarni qabul qilish va o`z vaqtida to`lovlarni amalga oshirish;
  • shartnomani bajarilishi bilan bog`liq jarayonlarda korrupsiyaga yo`l qo`ymaslik va tomonlarning ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini oladi.
  • VII. KORRUPSIYaGA QARShI QO`ShIMChA ShARTLAR

    7.1. Taraflar shartnoma tuzishda, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan so`ng, shartnoma bilan bog`liq korrupsiyaviy harakatlar sodir qilmaslikka kelishib oladilar.

    7.2. Taraflar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qo`shimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi bo`yicha hamkorlikni ta`minlaydilar.

    7.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytda bevosita o`zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog`liq munosabatlar yuzasidan qonunga xilof ravishda pul, moddiy qiymatliklar berilmaganligini, shartnoma tuzilishi evaziga norasmiy pul yoki boshqa moddiy qiymatliklar olinishiga yo`l qo`yilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va`da qilinmaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdaagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi. Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning (yordamchi pudratchi tashkilotlar, agentlar va taraflar nazorati ostidagi boshqa shaxslarning) yuqoridagi harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko`radi.

    7.4. Taraflar davlat xizmatchilari, siyosiy partiyalar, shuningdek o`zlarining ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan har qanday vaqt va shaklda quyidagi harakatlarni bevosita yoki bilvosita (shu jumladan, uchinchi shaxslar orqali)sodir etilishiga yo`l qo`ymaydi: a) nazorat qiluvchi organlardan litsenziya va ruxsatnomalar olish, soliq solish, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, sudda ish ko`rilishi, qonunchilik jarayoni va boshqa sohalarda qonunga xilof ravishda tijorat yoki boshqa tusdagi ustunlikka ega bo`lish yoki saqlab qolish maqsadida yuqoridagi shaxslar foydasiga yoki ular tomonidan moddiy yoki nomoddiy naf olishning taklif etilishi, va`da qilinishi, berilishiga; b) qonunga xilof ravishda olingan daromadlarning legallashtirilishiga, shuningdek, agar mulk jinoiy faoliyatdan olingan daromad ekanligi taraflarga ma`lum bo`lsa, uni o`tkazish, mulkka aylantirish, yoxud almashtirish yo`li bilan uning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, bunday pul mablag`lari yoki boshqa mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini tasarruf etish, ko`chirish usulini, pul mablag`lariga yoki boshqa mol-mulkka bo`lgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirishga; v) korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir qilish uchun ta`magirlik qilish, undash, tazyiq o`tkazish yoki tahdid qilish. Ushbu holat bo`yicha bir taraf ikkinchi tarafni hamda vakolatli davlat organlarini darhol xabardor qilishi shart.

    7.5. Taraflar tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish va o`tkazishda bitimlar tuzish bo`yicha muzokaralar olib borishda, litsenziya, ruxsatnomalar va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega bo`lgan hujjatlarni olishda yoki ularning manfaatlarini ko`zlab boshqa harakatlarni amalga oshiruvchi taraflarning nazorati ostida bo`lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslarga (shu jumladan, yordamchi pudratchilar, agentlar, savdo vakillari, distribyutorlar, huquqshunoslar, hisobchilar, ular nomidan harakat qiluvchi boshqa vakillarlarga) nisbatan quyidaagi harakatlarni amalga oshirishlari shart: - korrupsiyaviy harakatlarga yo`l qo`yib bo`lmasligi va korrupsiyaviy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo`lishi shartligi haqida ko`rsatmalar va tushuntirishlar berish; - ulardan korrupsiyaviy harakatlarni amalga oshirish uchun vositachi sifatida foydalanmaslik; - ularni faqat taraflarning oddiy kundalik faoliyati jarayonidagi ishlab chiqarish zarurati doirasidan kelib chiqib ishga jalb qilish; - ularga qonunchilik doirasida amalga oshirgan xizmatlari uchun belgilangan haq miqdoridan asossiz ravishda ortiqcha to`lovlarni amalga oshirmaslik.

    7.6. Taraflar ularning nazorati ostida bo`lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo`shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi holatlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o`tkazilmasligini kafolatlaydilar.

    7.7. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qo`shimcha shartlarning 7.4- va 7.5-bandlarida belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yo`l qo`yilganligi ma`lum bo`lib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan oqilona muddat ichida tegishli choralar ko`rilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart. Tarafning talabi bo`yicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo`yicha oqilona muddat ichida tegishli choralar ko`rilmagan yoki ko`rib chiqish natijalari haqida xabardor qilmagan taqdirda, ushbu taraf zararni to`liq qoplab berishni talab qilishga haqli.

    VIII. TOMONLARNING MULKIY JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI

    HAL QILISh TARTIBI

    8.1. “Ijrochi” tovarlarni yetkazib berishni kechiktirsa yoki umuman yetkazib bermasa, har bir kechiktirilgan kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismi miqdorining 0,5 % (foizi) miqdorida penya to`laydi, biroq penyaning umumiy miqdori majburiyatlarning bajarilmagan qismining 50 % (foizi) dan oshmasligi kerak. Penya to`lovlarini to`lash shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

    8.2. Agar yetkazib berilgan tovarlar standartlarga, texnik shartlarga, xarid savdolarida taqdim etilgan na`munalarga, sifat, assortiment, navi jihatidan, qonunchilikda yoki ushbu shartnomada o`rnatilgan boshqa majburiy shartlarga javob bermasa, “Buyurtmachi” “Tovar”ni qabul qilishni va haqini to`lashni rad qilishga haqli, bunday holatda “Ijrochi” “Buyurtmachi” ga rad etilgan tovarlar qiymatining 20% miqdorida jarima to`laydi va tovarni xarid savdolarida taqdim etilgan namunalar va sifat bo`yicha boshqa majburiy shartlarga javob beradigan tovarga almashtirishi kerak.

    8.3. “Buyurtmachi” yetkazib berilgan tovarlar uchun to`lovni o`z vaqtida amalga oshirmasa, “Ijrochi”ga kechiktirilgan to`lovning har bir kuni uchun 0,4 % miqdorida penya to`laydi, lekin penya miqdori kechiktirilgan to`lov summasining 50 % dan ko`p bo`lmasligi lozim.

    8.4. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan penya va jarima sanksiyalaridan tashqari, “Ijrochi”ning shartnomada belgilangan majburiyatlari bajarilmasligi oqibati shartnoma bekor qilinganda yoki “Tovar”ni yetkazib berish muddati bir oyga kechiktirilganda kafolat summasi “Ijrochi”ga qaytarilmaydi.

    8.5. Yetkazib berilgan “Tovar” uchun byudjetdan mablag`lar o`z vaqtida ajratilmaganligi sababli o`z vaqtida to`lanmasligi uchun “Buyurtmachi” javobgar bo`lmaydi.

    8.6. Ushbu shartnoma yoki u bilan bog`liq holda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar tomonlar o`rtasida muzokaralar yo`li bilan hal etiladi.

    8.7. Agar tomonlar o`zaro kelishuvga kelishmasa, shartnoma bo`yicha kelib chiqadigan barcha nizolar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko`rib chiqilishiga kelishdilar.

    IX. FAVQULOTDA VAZIYaTLAR

    9.1. Ushbu shartnomaga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib bo`lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar natijasida vujudga qelganda tomonlar o`z majburiyatlarini bajarmaslikdan qisman yoki to`liq ozod bo`ladilar.

    9.2 Yengib bo`lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog`liq bo`lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko`chki, bo`ron, qurg`oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko`zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo`lmaydigan va tomonlardan birining majburiyatlarini bajarilishiga ta`sir qiluvchi kutilmagan holatlar kiradi.

    9.3. Tomonlar favqulotda vaziyatlar va ularning yo`qotishlarini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilishi mumkin. Tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli hujjat fors-major holatlarining mavjudligi va davomiyligini yetarli darajada tasdiqlaydi.

    9.4 Shartnoma tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo`lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sababli bajarmaslik ma`lum bo`lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida ushbu holatlar harakati sababini dalillar bilan taqdim etishi lozim.

    9.5. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo`lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo`lmaydigan kuchlar (fors-major) ta`siri 60 kundan ortiqroq davom qilsa, tomonlar tashabbusiga binoan shartnoma bekor qilinishi mumkin.

    X. ShARTNOMANING BOShQA ShARTLARI

    10.1. Ushbu shartnoma imzolangan va O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi G`aznachilik qo`mitasi tomonidan ro`yxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi va 2023 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

    10.2. Agar bir tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan bo`lsa, ushbu shartnoma tomonlarning kelishuvi bilan yoki tomonlarning birining talabiga binoan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.

    Shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzish deb maxsulotlarni yetkazib berish uchun belgilangan muddatni bir oydan ortiq muddatga buzilishi hamda umumiy tovarning 20 %dan ortig`ini belgilangan texnik talablarga javob bermaydigan holatda topshirish hisoblanadi.

    10.3. Bir taraf shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklif yuborilganidan keyingi 5 (besh) kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.

    10.4. Hech bir tomon ushbu Shartnoma bo`yicha o`z huquq va majburiyatlarini boshqa tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga o`tkazishga haqli emas.

    10.5. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan holatlar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

    10.6. Ushbu shartnomaga kiritilgan har qanday o`zgartirish, qo`shimchalar va ilovalar faqat yozma ravishda tuzilgan va har ikki tomon tomonidan imzolangan va muxrlangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

    10.7. Ushbu shartnoma ikkita haqiqiy nusxada tuzilgan.

    TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI VA BANK REKVIZITLARI:

    - Посмотреть таблицу с данными

    Yetkazib beriladigan mahsulotning narxi, miqdori, texnik tafsiloti

    - Посмотреть таблицу с данными

    Buyurtmachi: Ijrochi:

    _________________________ _________________________

    - Посмотреть таблицу с данными

    1-ilova Appendix №1

    - Посмотреть таблицу с данными

    Spesifikatsiya/ Specification

    - Посмотреть таблицу с данными

    To`lov uchun jami:

    Total to be paid:

    Kelib chiqish mamlakati??????????????????:??

    Sotuvchi/Ishlab chiqaruvchi?????????????????:

    Yukni yuboruvchi??????????:??

    1-spesifikatsiya ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

    ??????????????№1 is an integral part of the current contract.

    Tovarni muddatidan oldin yuborishga ruxsat etiladi.

    Early shipment is allowed.

    Tovarni yetkazib berish muddati: shartnoma imzolangandan so`ng 20 kun mobaynida.

    Goods supply due date: 20 days from the sign of Contract.

    - Посмотреть таблицу с данными▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть

    (TASDIQLAYMAN)

    O'zR FА O'MKI direktori

    '

    '.f.d.,akad.

    D

    Sagdullaev Sh.Sh.

    2024 у.

    O'zbekiston Respublikasi Fапlаr akademiyasi

    akademik S.Yu. Yчпusоч nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti

    ishlab chiqarish ehtiyojlari чсhuп

    Texnik Р - ekdisteron

    (2Р,3Р, 14c,20R, 22R,25 * Geksagidroksi-S Р - xolesten -7-ОN-б )xarid qilishga

    Texnik topshiriq

    Toshkent shаhri

    2024 у.

    2

    MUNDARIJA:

    Bob/bo'lim

    Nomlanishi

    l вов

    UMUMIY MA,LUMOTLAR

    1.5. Ьо' m

    Nomlanishi

    Tovarni (mahsulotni) xarid qilish uchun asos ча maqsadlar

    Tovarning (mahsulotning ishlab chiqarilgan yili/mavsumi)

    Xarid qilinadigan tovar miqdori

    TIF TN kodi ча boshqa halqaro kodlar

    TEXI.{IK TALABLAR

    Tovaming texnik, funksional va sifat (iste'mol sifatlari) tavsifi

    Igyq. sifatiga bo'lgan talablar

    TOVARNI TOPSHIRISH VА QABUL QILIB OLISH

    1.1bo'lim

    1.2 bo'lim

    1.3 bo'lim

    1.4 bo'lim

    2. вов

    2.1. bo'lim

    2.2. bo'lim

    3.

    вов

    3.1.

    bo'lim

    З.2. bo'lim

    3.3 bo'lim

    вов

    5. вов

    б. вов

    4.

    QOIDALARI ВО, YICHA TALABLAR

    Точаr markirovkasiga Ьо' lgan talablar.

    Buyurtmachiga tovami yetkazib berish paytida unga texnik va

    boshqa xujj atlarni topshirish Ьо' yicha talablar

    Точаrпi sug'urtalash bo'yicha talablar

    TOVARNI SAQLASh BO.YIChA TALABLAR

    XAVFSIZLIK BO,YIChA TALABLAR

    TOVARNI YеTKAZIB BERISh ShARTLARI

    Sahifa

    з

    1

    J

    з

    J

    J

    3

    з

    з

    4

    4

    4

    4

    4

    4

    5

    5

    a

    J

    1

    вов. UMUMIY MA,LUMOTLAR

    i.1 Bo'li-. Nomlanishi

    droksi-SB - xolesten -7-0N-6)

    ish uсhчп asos va maqsadlar

    o'simligidan olinadigan,

    mahalliy dori vositasi substansiyasini ishlab

    tetiklashtiruvchi ta.sirga ega bo'lgan Ekdisten

    chiqarish.

    n yili/mavsumi)

    ilgan bo'lishi shart,

    1J. Bortrn. )ft".td qilinadigan tovar miqdori

    1_5ЛIF

    TN Йdi va boshqa halqaro kodlar

    ТIF TN kod▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть00 0

    2

    2.1.

    вов. TEXNIK TALABLAR

    te*nik, fooksional чз_qifаt tavsifi

    Usullar

    КЫrsаtgiсЫаr nomi

    Bo'lim. Точаrп

    Ko'rinishi

    Oqdan kTem yoki och sariq

    ranggacha, o'ziga xos

    hidga ega, mayda kristalli

    Oq fonda ko'rish

    kukun

    CbИtlgi (tozaligi)

    Подлинность

    Preparatnin g96%|i

    UB - spektrofotometriya:

    ekdesteroidlarga xos sifat

    reaksiyasi

    Namligi, О/о , dan ko'p

    bo'lmasligi

    sulf'atli kuli

    miqdori

    22R,

    20R,

    (2Р, 3В, l4cr,

    25 Geksagidroksi-SB

    - xolesten -7-0N-6

    Yaroqlilik muddati

    рlъИЫеrоп

    -

    бrМm.trik

    usul

    spiпdagi 0,002%li

    eritmasining UB-spektri

    242 пml2 nm to'lqin

    uzunligida maksimal

    yutilishga ega.

    0,002 g preparatga 0,5 ml

    vanilinning 8%li spirtli

    eritmasi va 5 ml 80%li

    sulfat kislota eritmasi

    qo'shilganda to' q yashil

    з,о'Z. dan ko'p bo'lmasligi

    Gravimetrik usul

    yussx

    usuli

    90% dan kam bo'lmasligi

    2.2 Bo'lim Точаr sifatisa Ьо'lsап talablar.

    ekdisteron

    miqdori

    90% dan kam bo'lmasligi lozim. Yetkazib berilayotgan xom-ashyo

    Вsifati ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan tahlil seпifikatiga muvofiq bo'lishi lozim.

    3.

    вов. TOVARNI ToPShIRISh чА QABUL QILIB oLISh QOIDALARI во,YIсhд

    TALABLAR

    markirovkasiga bo'lgan talablar.

    Markirovka quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lishi zarur

    3.1 Boolim.Tovar

    xom-ashyo nomi;

    ishlab chiqaruvchining nomlanishi

    yetkazib beruvchining nomlanishi

    partiya raqami;

    yaroqlilik muddati;

    tayyorlangan sanasi;

    netto og'irligi ....kg;

    brutto og'irligi ....kg;

    ;

    ;

    3.2 Bo'lim. Buyurtmachiga tочаrпi yetkazib berish paytida unga texnik ча boshqa

    xujjatlarni topshirish bo'yicha talablar

    Mahalliy ishtirokchilar uсhuп; Buyurtmachining omboriga yetkazib beriladi. Yetkazib

    berish xarajatlari yetkazib beruvchining hisobidan qoplanadi. Buyurtmachiga tovar topshirilgan

    sana (hisob-fakturada ko'rsatilgan sana) tovar yetkazib berilgan kun hisoblanadi.

    Chet el ishtirokchilari uсhuп: СРТ Toshkent (INKOTERMS 2020) shartlariga ko'ra yetkazib

    beriladi. Bojxona organlari tomonidan yuk xatida tovar belgilangan joyga yetib kelganligi

    to'g'risida qo'yilgan belgi tovarni yetkazib berish sanasi hisoblanadi.

    Тоvаrпi (mahsulotni) ortishdan 48 soat avval Sotuvchi Xaridomi mavjud tezkor aloqa orqali

    yuk xati sanasi va raqami, joylar miqdori va mahsulotning yetkazib berish punktiga yetib

    kelishining rejalashtirilgan sanasi to'g'risida xabardor qiladi.

    Buyurtmachi ga quyidagi xujj atlar yuboriladi

    hisob-faktura (invoys) - 1 asl nusxasi;

    qadoqlash varag'i - l asl nusxasi;

    transport yuk xati - l asl nusxasi;

    :

    kelib chiqish seПifikati - 1 asl nusxasi;

    eksport deklaratsiyasi - l asl nusxasi yoki dublikat;

    tovarning analitik pasport - 1 asl nusxasi yoki dublikat.

    3.3. Bo'lim Точаrпi (mahsulotni) sug'urtalash bo'yicha talablar

    Yukni sug'urtalash ishlari yetkazib beruvchining tanlovi asosida amalga oshiriladi.

    4.

    вов. TOVARNI SAQLASh Bo,YIchA TALABLAR

    Quruq, havo yaxshi aylanadigan, quyosh пurlаri to'g'ridan-to'g'ri tushmaydigan xonada,

    25oSdan yuqori bo'lmagan haroratda saqlanishi talab qilinadi.

    5.

    вов. хAVFSIZLIK Bo.YIchA TALABLAR

    Xom-ashyoni tayyorlash, ortib yuborish ча tushirib olishda quyidagi xavfsizlik talablariga

    rioya etilishi zarur:

    nafas olish organlarini himoya qilish: doka niqoblar,

    rеsрirаtоrlаr;

    qo'llar terisini himoya qilish: qo'lqoplar;

    ko'zlami himoya qilish: himoya ko'zoynaklari.

    6.1

    6.ВоВ. TOVARNI YeTKAZIB BERISh ShARTLARI

    Bo'lim. Точаrпi yetkazib b..irt,

    -uПutb.i

    -

    mahalliy yetkazib beruvchilar

    miqdoriningЗ0% miqdorida oldindarr to'lov amalga oshirilgan

    kundarr ЬоsЫаЬ 20 kun mobaynida

    yetkazib berilishi lozim.

    - chet ellik yetkazib beruvchilar uсhuп: shartnoma imzolangan

    kundan boshlab 20 kunda

    yetkazib beriladi, Тоvаr O'zRga kelib tushgan (O'zbekiston

    Respublikasi bojxona оrgапlаri

    tomonidan TTYuXdu t.eirhli b.lgi q.

    ) sana tovar yetkazib berilgan sana hisoblanadi

    б.2. Bo'Iim. Yetkazib berish joyi

    Manzil: l00170 о 'zbekiston, Toshkent,tu*

    Ishlab chiqdi:

    O'zR FА O,MKI Tajriba ishlab chikarish korxonasi Sifat

    nazorati Ьо' limi boshlig' i

    Kelishilgan:

    O'zR FА O,MKI Tajriba ishlab chikarish korxonasi

    boshlig'i

    o'R FА o'MKI Tajriba ishlab chikarish korxonasi sintetik

    dori vositalarini ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi

    texnolog

    Й"taevash.A.

    ШShaxidoyatovR.x.

    Й

    sчltопоч T.s.

    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 21.08.2020 йилдаги ПҚ-4812-сон қарорининг

    4-бандига кўра, Электрон коперация портали new.cooperation.uz порталида рўйхатдан

    ўтган маҳаллий ишлаб чиқарувчиларнинг товар (иш, хизмат)лари Буюртмачилар

    томонидан ўрганилганлиги ҳақида

    51690-сонли МАЪЛУМОТНОМА

    19.04.2024 й.

    Тошкент ш.

    Буюртмачи “AKADEMIK S.YU. YUNUSOV NOMIDAGI O`SIMLIK MODDALARI KIMYOSI” 19.04.2024 йил соат

    10:34:08 да “ТИФ ТН коди – 2938”, “маҳсулот номи – экдистерон” маҳсулот параметрлари асосида қидирув амалга

    оширилди ва бу параметрларга мос актив оферта тизимда топилмаганлиги аниқланди.

    Изоҳ: Ушбу маълумотнома 19.04.2024 йил соат 10:34:08 вақт ҳолатига амал қилади. Бошқа

    порталлар орқали харидни амалга оширишдан олдин new.cooperation.uz порталида такроран

    маълумотномани янгилаб олишингиз талаб этилади.

    Буюртмачи қидирган маҳсулот параметрлари

    ТИФ ТН коди

    Маҳсулот номи

    ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открытьGlikozidlar, tabiiy yoki sintez qilingan

    экдистерон

    birikmalari; ularni tuzlari, oddiy va murakkab

    efirlari va boshqa hosila birikmalar:

    Буюртмачи қолдирилган изоҳ: (Tovar (ish, xizmat)ning mavjud emasligi).

    Похожие тендеры

    Название Тип тендера Цена Период показа
    Конкурс
    #272027642
    651 000
    1 день
    03.05.2024
    13.05.2024
    Конкурс
    #272027685
    407 000
    5 дней
    03.05.2024
    17.05.2024
    Конкурс
    #272035228
    80 000
    5 дней
    03.05.2024
    17.05.2024
    Электронный аукцион
    #272317344
    45 055 500
    3 дня
    08.05.2024
    16.05.2024
    Электронный аукцион
    #272324804
    10 200 000
    3 дня
    08.05.2024
    16.05.2024

    Тендеры из отрасли Химические элементы и соединения

    Название Тип тендера Цена Период показа
    Малая закупка
    #271712862
    80 000
    срок истек
    26.04.2024
    02.05.2024
    Единственный поставщик
    #271712694
    25
    Обеспечение заявки:
    25
    срок истек
    26.04.2024
    30.04.2024
    Единственный поставщик
    #271712670
    91
    Обеспечение заявки:
    91
    срок истек
    26.04.2024
    30.04.2024
    Малая закупка
    #271712519
    233 610
    срок истек
    26.04.2024
    03.05.2024
    Конкурс
    #271712433
    3 дня
    26.04.2024
    16.05.2024

    Тендеры из региона Ташкент

    Название Тип тендера Цена Период показа
    Конкурс
    #271709139
    10 000 000
    срок истек
    26.04.2024
    03.05.2024
    Конкурс
    #271709131
    816 000 000
    срок истек
    26.04.2024
    03.05.2024
    Конкурс
    #271709129
    1 695 348 150
    срок истек
    26.04.2024
    03.05.2024
    Электронный аукцион
    #271708545
    742 500 000
    срок истек
    26.04.2024
    01.05.2024
    Электронный аукцион
    #271708544
    742 500 000
    срок истек
    26.04.2024
    01.05.2024