| Описание тендера: | Давлат мулки кумитаси Тошкент шахар худудий бошкармаси. объявляет тендер: Услуга в области испытаний и анализа химических реактивов (Тошкент ш. Юнусобод тумани, Бодомзор кўчаси, 8-уй манзилда жойлашган давлат нотариал идораси биносини баҳолаш ҳисоботини экспертизадан ўтказиш |
| Сумма контракта: | 1 854 000,00 UZS Получить финансовую помощь |
| Начало показа: | 18.09.2025 |
| Окончание: | 25.09.2025 17:13:21 |
| Тендер №: | 309306105 |
| Тип: | Конкурс Тендерная аналитика |
| Отрасль: | Химия / Химические элементы и соединения |
| Регион: | Узбекистан / Ташкент |
| Регион поставки: | Узбекистан / Ташкент |
| Источник: | ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ |
Зарегистрируйтесь и получите полную информацию о Заказчике, аналитику по снижению им цены и основным поставщикам.
Предмет контракта: Услуга в области испытаний и анализа химических реактивов (Тошкент ш. Юнусобод тумани, Бодомзор кўчаси, 8-уй манзилда жойлашган давлат нотариал идораси биносини баҳолаш ҳисоботини экспертизадан ўтказиш
Цена контракта: 1 854 000,00 UZS
Количество: 1 усл. ед
| 202504154438523942.docx | 24 КБ | 18.09.25 15:29 | Действующая |
| 202509092236728761.pdf | 101 КБ | 18.09.25 15:29 | Действующая |
XIZMAT KO‘RSATISHGA (ISHLARNI BAJARISHGA)
OID SHARTNOMA №__________
Toshkent sh. ____-_________ 2025-y.
Bundan buyon “BUYURTMACHI” deb ataluvchi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi nomidan Nizom asosida faoliyat olib boruvchi boshqarma boshlig‘i Razzoqov A.A bir tomondan va bundan buyon “XIZMAT KO‘RSATUVCHI” deb ataluvchi ______________________________ nomidan Ustav asosida faoliyat olib boruvchi direktor _____________________ boshqa tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha “Xizmat ko‘rasatuvchi” __ ish kuni ichida “Buyurtmachiga”ga xizmat ko‘rsatish bajarilgan ish xizmatlarni, “Buyurtmachi” ushbu xizmatlarni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:
Shartnomaning umumiy summasi _________ (_____________________) so‘m QQS bilan.
2. HISOB-KITOBLAR TARTIBI
2.1. “Buyurtmachi” mazkur shartnomani Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasidan ro‘yxatga olingan kundan boshlab 5 bank ish kuni ichida qonunchilikka muvofiq shartnoma umumiy summasidan 30 foiz miqdorida oldindan to‘lash majburiyatini oladi, qolgan 70 foizini ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangandan so‘ng 10 bank ish kuni ichida qabul qilish dalolatnomasi, hisob-faktura v.b hujjatlar asosida to‘laydi.
2.2. Xizmat ko‘rsatish yakunlangandan keyin “Xizmat ko‘rsatuvchi” “Buyurtmachi”ga
5 ish kuni ichida bajarilgan ish xizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taqdim etadi.
2.3. “Buyurtmachi” dalolatnoma va unga ilova qilingan boshqa hujjatlarni olgandan keyin 10 bank ish kuni ichida imzolangan dalolatnomani yoki xizmatlarni qabul qilishni asosli ravishda rad qilish xatini “Xizmat ko‘rsatuvchiga”ga yuboradi.
2.4. Rad qilingan holatda, ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilishni asosli ravishda rad qilinishi yuzasidan kamchilikliklarni bartaraf etish ro‘yxati va muddati bo‘yicha tomonlar o‘rtasida dalolatnoma tuziladi.
3. SHARTNOMANING BAJARILISHI
3.1. Mazkur shartnoma belgilangan tartibda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shartnoma talablari va shartlariga muvofiq ijro etilishi shart.
3.2. Shartnomani shartlarini bajarishni bir tomonlama rad qilish yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida o‘rnatilgan hollar bundan mustasno.
3.3. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning ijrosini ta‘minlagan taqdirda shartnoma bajarilgan hisoblanadi.
3.4. Buyurtmachining roziligi bilan xizmatlar muddatidan avval koʼrsatilinishi mumkin.
3.5. Ko‘rsatilgan xizmatlar bevosita “Buyurtmachi”ning mas‘ul xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori va ularning sifati ko‘rsatiladigan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi.
4. TOMONLARNING JAVOBGARLIKLARI
4. “Buyurtmachi”:
4.1. Ko‘rsatilgan xizmatlarni tanlab olmaslik, shuningdek xizmat ko‘rsatuchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni xizmatlari ko‘rsatganda, xizmatlari qabul qilib olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun buyutmachi xizmat ko‘rsatuvchiga qabul qilib olinmagan (o‘z muddatida qabul qilib olinmagan) xizmatlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
Qabul qilib olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, xizmat ko‘rsatuvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu ishlar bajarilganligining kafolatlarini taqdim etgan holda, qabul qilib olinmagan (o‘z muddatida qabul qilib olinmagan) xizmatlar qiymati to‘lanishini talab qilishga haqlidir.
4.2. Bajarilgan xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun buyurtmachi xizmat ko‘rsatuvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining
0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq boʼlmagan miqdorida penya to‘laydi.
4.3. Shartnomaga muvofiq avans berishni amalga oshirish; mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni to‘liq hajmda bajarish majburiyatini oladi.
4.4. “Xizmat ko‘rsatuvchi”:
4.5. “Xizmat ko‘rsatuvchi” mazkur shartnomada belgilangan ish xizmatlarni 10 kun muddatda bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida “Buyurtmachi”ga topshiriladi.
4.6. Agar ko‘rsatilgan xizmatlar standartlar, sifati, texnik shartlar, qonun hujjatlarida yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, “Buyurtmachi” xizmatlarni qabul qilish hamda ularning haqini to‘lashni rad etib, xizmat koʼrsatuvchidan sifati lozim darajada bo‘lmagan xizmatlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, xizmatlar haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati lozim darajada bo‘lmagan xizmatlar ko‘rsatganligi uchun jarima xizmat ko‘rsatuvchidan ekseptsiz tartibda undirib olinadi.
4.7. “Buyurtmachi” tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagani uchun “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining 0.4 foizi mikdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
4.8. Muddat o‘tkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya to‘lash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
5. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
5.1. “Buyurtmachi”:
- shartnoma kuchga kirgandan keyin ish xizmatlarni boshlanishi “Buyurtmachi”ga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra “Xizmat ko‘rsatuvchi” tomonidan bir oydan ko‘p vaqtga kechiktirilganda;
- ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati “Xizmat ko‘rsatuvchi”ning aybi bilan bir oydan ortiq muddatga ko‘paygan holda, “Xizmat ko‘rsatuvchi” tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
- “Xizmat ko‘rsatuvchi” tomonidan shartnoma shartlari ish me‘yorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huhuqiga ega.
5.2. “Xizmat ko‘rsatuvchi”:
- ishlarning bajarilishi “Xizmat ko‘rsatuvchi”ga bogʼliq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra “Buyurtmachi” tomonidan bir oydan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yilganda;
- “Buyurtmachi” tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar bo‘yicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
5.3. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur bo‘lim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
5.4. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani to‘laydi.
5.5. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
6.1. Kelishmovchiliklar va bahslar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchilik va bahslarni hal etish uchun bevosita iqtisodiy sudiga murojaat qilishga haqlidir.
6.3. Tomonlar iqtisodiy sudiga murojaat qilgan taqdirda, sud ishi da‘vogar joylashgan manzildagi iqtisodiy sudida koʼrib chiqiladi.
7. FORS-MAJOR
7.1. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta‘sir etsa, tomonlar bunday qisman yoki to‘liq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
7.2. Agar yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan koʼp vaqtga cho‘zilsa, u holda “Bajaruvchi” va “Buyurtmachi” ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar ko‘rilishini muhokama qiladilar.
7.3. Agar tomonlar bir oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
8. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BOʼYICHA BANDLAR
8.1. Shartnoma boʼyicha o‘z majburiyatlarini bajarish doirasida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalariga, shu jumladan amaldagi qonunchilikka rioya etilishini ta‘minlaydi; ularning xodimlari, filiallari, benefitsiarlari va ularning sheriklari, shartnomani bajarish bo‘yicha kontragentlar pora berish yoki olish, tijorat poraxo‘rlik, pora olishda vositachilik qilish, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot xodimiga pora berishdan voz kechishlarini ta‘minlash; yoki moddiy yoki nomoddiy foyda olish. Tomonlar ushbu harakatlarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rishni kafolatlaydi.
8.2. Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurash qoidalari buzilgan yoki asosli shubhalar yuzaga kelgan taqdirda bir-birlarini darhol yozma ravishda (▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть elektron pochta orqali) yoki telefon orqali (+▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть8) xabardor qilish majburiyatini oladilar. Tomonlar vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida yozma tushuntirish so‘rashga haqli, murojaatni qabul qilgan Tomon esa 10 (o‘n) ish kuni ichida o‘z fikri bo‘yicha bayonot berishi yoki izoh berishi mumkin.
8.3. Ushbu moddaning talablari, shu jumladan, korrupsiya xavfini belgilangan muddatda bartaraf etish, tomonlar tomonidan korrupsiyaga oid vaziyatning pasayishiga olib kelmagan choralar ko‘rilmagan taqdirda, boshqa tomon o‘z faoliyatini tugatish, shartnomani tuzish yoki uning bajarilishini to‘xtatib turishga haqli.
8.4. Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar boʼyicha shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilgan tarafga yetkazilgan zararni qoplash ushbu shartnomaning 9-qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, shu bilan birga ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan tomon shartnomani bir tomonlama bekor qilish natijasida etkazilgan zararlar uchun kompensatsiyani talab qilishga haqli emas.
9. BOSHQA SHARTLAR
9.1. Ushbu shartnomada tomonlarning ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.
10. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
10.1. Mazkur shartnoma Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasidan ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
10.2. Shartnomaning amal qilishi bir tomonning tashabbusiga ko‘ra oy (bir) davomida boshqa tomonga yozma ariza topshirgan kundan boshlab, barcha o‘zaro hisob-kitoblar tugaganligi muddatidan avval to‘xtatilishi mumkin. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini ta‘minlagan hollarda shartnoma bajarilgan hisoblanadi.
10.3. Shartnomaning amal qilish muddatini tugashi tomonlarni javobgarlikdan ozod qilmaydi.
11. YURIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI
Boshyuriskonsult _________________ ___________________ “___” _______ 2025-yil
▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открытьIJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: TT▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть
“TASDIQLAYMAN”
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi Toshkent shahar hududiy
boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari
– Xarid komissiyasi raisi
J. Axmedov
2025-yil 8-sentabr
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangitarnov MFY, Bodomzor ko'chasi,
8-uy manzilida joylashgan noturar bino (1-sonli davlat notarial idorasi
hududi)ni baholash hisobotini haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha
xizmatlar ko‘rsatish uchun mustaqil baholash tashkilotlarni jalb qilish
bo‘yicha Xarid komissiya yig‘ilishi
1-SON BAYONI
2025-yil 8-sentabr
Toshkent sh.
Qatnashdilar:
J. Axmedov,
H. Rustamov,
M. Kasimov, Z.Qahhorov.
Komissiya kotibi:
A.Azizov
A. Qodirov,
KUN TARTIBI:
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangitarnov MFY, Bodomzor
ko'chasi, 8-uy manzilida joylashgan noturar bino (1-sonli davlat notarial
idorasi hududi)ni baholash hisobotini haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish
yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun mustaqil baholash tashkilotlarni jalb
qilish bo‘yicha boshlang‘ich narx qiymatini belgilash va etender.uzex.uz
portaliga (sayti) joylashtirish
(J. Axmedov, H. Rustamov , A. Qodirov, M. Kasimov, Z.Qahhorov)
Kun tartibidagi masala bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini samarali
boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich
qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil
26-iyuldagi 312-son qarori va Davaktiv agentligining 2023-yil 31-iyuldagi
“O‘zbekiston Respublikasi 312-son qarori ijrosini tashkil etish to‘g‘risida”gi
197-son buyrug‘iga asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, ishonchli
boshqaruvga berish, xo‘jalik jamiyatlari ustav fondiga kiritish, davlat aktivlarini
2
tasarruf etish va butligini saqlash bilan bog‘liq boshqa holatlarda ularni baholashda
baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi
belgilangan.
Davaktiv agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 2023-yil
26-sentabrdagi 90-son buyrug‘i bilan “Davlat aktivlarini samarali boshqarishda
professional tashkilotlar va ixtisoslashgan konsalting tashkilotlari tomonidan
ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xarid komissiyasi tarkibi va uning
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida reglament” tasdiqlangan.
Shunga ko‘ra, Davaktiv agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi
tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan Toshkent shahri, Yunusobod tumani,
Yangitarnov MFY, Bodomzor ko'chasi, 8-uy manzilida joylashgan noturar bino (1sonli davlat notarial idorasi hududi)ni baholash hisobotini haqqoniyligini
ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun mustaqil baholash
tashkilotlarni jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq va texnik hujjatlar ishlab
chiqildi (ilova qilinadi).
Shu bilan birga, Davaktiv agentligining Toshkent shahar hududiy
boshqarmasining 2023-yil 26-sentabrdagi 90-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
reglamentga muvofiq mustaqil baholash tashkilotlar tomonidan kelib tushadigan
takliflarni baholash mezonlari va ularning imkoniyatlarini baholash bo‘yicha
reyting ko‘rsatkichlarini zarur hollarda Xarid komissiyasining qarori bilan
baholash mezonlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkinligi keltirilgan, shunga asosan
texnik qismining miqdoriy ko‘rsatkichlari uchun maksimal 60 ball (baholashni
amalga oshirish bo‘yicha jalb qilinayotgan mutaxassislarning malakasi va tajribasi (20 ball),
baholashni amalga oshirish bo‘yicha jalb qilinayotgan kompaniya (konsultant)ning malakasi va
tajribasi (20 ball), baholashni amalga oshirish muddati (10 ball), baholovchi tashkilotlar
assotsiatsiyasiga a’zoligi to‘g‘risidagi hujjatlar (10 ball) hamda narx taklifi ko‘rsatkichi
uchun maksimal 40 ball (avtomatik ravishda tizim tomonidan baholanadi) berilishi
belgilandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Komissiya qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni,
Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda
baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 26-iyuldagi 312-son qarori
va Davaktiv agentligining 2023-yil 31-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi 312-son
qarori ijrosini tashkil etish to‘g‘risida”gi 197-son buyrug‘iga asosan davlat
aktivlarini xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga berish, xo‘jalik jamiyatlari
ustav fondiga kiritish, davlat aktivlarini tasarruf etish va butligini saqlash bilan
bog‘liq boshqa holatlarda ularni baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining
boshlang‘ich qiymatini aniqlash tartibi belgilanganganligi ma’lumot uchun qabul
qilinsin.
2. Davaktiv agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tegishli
tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ishlab chiqilgan tomonidan Toshkent shahri,
Yunusobod tumani, Yangitarnov MFY, Bodomzor ko'chasi, 8-uy manzilida
joylashgan noturar bino (1-sonli davlat notarial idorasi hududi)ni baholash
3
hisobotini haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
uchun mustaqil baholash tashkilotlarni jalb qilish yuzasidan texnik topshiriq va
texnik hujjatlar tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi
312-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil
etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlang‘ich qiymatini aniqlash
tartibi to‘g‘risidagi” Nizomning 4-ilovasida keltirilgan “Xo‘jalik yurituvchi
subyekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda
xizmatlar boshlang‘ich qiymatini aniqlash bo‘yicha kalkulyatsiya” asosida
shakllangan boshlang‘ich narx miqdorida https://etender.uzex.uz elektron
maydonchasiga mustaqil baholash tashkilotlarni jalb qilish bo‘yicha e’lon
joylashtirilishi ta’minlansin.
Bunda, Davaktiv agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasining
2023-yil 26-sentabrdagi 90-son buyrug‘i doirasida amalga oshirilsin.
4. Minimal o‘tish bali 30 ball etib belgilansin va 5 ish kuni muddati bilan
https://etender.uzex.uz elektron maydonchasiga joylashtirilsin.
4
BAHOLASH HISOBOTINING HAQQONIYLIGINI EKSPERTIZADAN
O‘TKAZISH UCHUN TEXNIK TOPSHIRIQ
1. Buyurtmachi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish
agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi;
2. Buyurtmachi manzili –▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть, Toshkent shahar, Chilonzor tumani,
I.Karimov ko‘chasi, 55-uy;
3. Baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish
maqsadi:
Belgilangan tartibda obyektining bozor qiymatini aniqlash.
Baholash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga
oshiriladi.
4. Baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish obyekti
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangitarnov MFY, Bodomzor ko'chasi,
8-uy manzilida joylashgan noturar bino (1-sonli davlat notarial idorasi hududi)
№
Nomi
1
Baholanayotgan
obyektining
nomi va tavsifi
2
Manzili
Ma’lumot
Noturar bino (1-sonli davlat notarial idorasi hududi)
Umumiy maydoni – 418,0 kv.m
Yer uchastkasining maydoni – 0,0107 g.a.
Kadastr raqami: 10:07:41:01:02:0023/0007
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangitarnov
MFY, Bodomzor ko'chasi, 8-uy
5. Ijrochi va baholovchi - baholash uchun mas’ul shaxslar.
6. Obyektga egalik huquqi
Mulk huquqi.
7. Baholash natijalaridan foydalanish maqsadi
Buyurtmachi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi.
8. Belgilangan qiymat turi
Bozor qiymati - bu aktivni baholash sanasida sotuvchi tomonidan xohlovchi
xaridorga to‘g‘ri marketingdan so‘ng, har bir tomon yetarli ma’lumotga ega
bo‘lgan, ehtiyotkor va majburlovsiz harakat qiladigan tijorat bitimida sotilishi
mumkin bo‘lgan taxminiy pul miqdori.
9. Baholash sanasi
2025-yil 1-avgust holatiga asosan.
10. Baholash muddati
Baholash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan kundan boshlab
7 kun.
11. Baholash asoslanishi kerak bo‘lgan taxminlar va cheklovlar
Mulkni baholash Buyurtmachi va/yoki mulk, mulk egasi/operatori tomonidan
taqdim etilgan ma’lumotlarga, shuningdek baholovchi tomonidan shaxsan
to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi.
5
Baholash sanasidan keyin sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan, agar bunday ma’lumotlar baholash sanasida mavjud bo‘lgan
bozor taxminlariga mos kelsa, baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun
faqat baholash sanasida mavjud bo‘lgan tendensiyalarni tasdiqlash uchun
foydalanish mumkin.
Baholash o‘tkazilayotganda baholanayotgan obyektining qiymatiga ta’sir
etuvchi, mavjud ochiq ma’lumotlar va (yoki) shartnoma taraflari tomonidan
baholovchiga taqdim etilgan barcha og‘irliklar va majburiyatlar hisobga olinishi
kerak. Agar baholash jarayonida og‘irliklar aniqlansa, baholovchi baholash
hisobotida og‘irliklar mavjudligini ko‘rsatishi va ularni hisob-kitoblarda hisobga
olishi shart.
Hisobotda baholovchining baholanayotgan mulkning bozor qiymati
to‘g‘risidagi professional xulosasi bo‘lishi kerak.
Baholovchi tomonidan olingan hisob-kitoblar va xulosalar uning ixtiyorida
bo‘lgan ma’lumotlarga, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan aloqa qiluvchi
shaxsdan olingan ma’lumotlarga asoslanishi kerak.
Baholash bo‘yicha hisobot faqat to‘liq hajmda amal qiladi, uning alohida
qismlaridan ularning o‘zaro bog‘liqligisiz har qanday foydalanish Baholovchining
nuqtai nazarini aks ettirmaydi.
Baholovchi bozor konyunkturasining o‘zgarishi uchun javobgar emas
va baholash sanasidan keyin sodir bo‘lgan voqealar yoki o‘zgarishlarni aks ettirish
uchun ushbu Hisobotga o‘zgartirishlar kiritish majburiyatini olmaydi.
12. Ijrochiga qo‘yiladigan talablar
Ijrochi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega
baholovchi tashkilot boʻlishi;
- baholovchi tashkilotlar shtatida oliy toifali guvohnomasiga ega baholovchi
mavjud bo‘lishi;
- baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi boʻlishi;
- baholovchilarda amalda boʻlgan baholovchilar malaka sertifikati mavjudligi;
- baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzo
boʻlish;
- baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini
sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga
kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi;
• Tashkilot mulkni tekshirish (audit jarayoni)da ishtirok etmasligi kerak;
• amalga oshirilayotgan loyihalarning mavjudligi va sifatini tasdiqlay
oladigan aloqa shaxslarning ro‘yxati, telefon raqamlari va elektron pochta
manzillarini ko‘rsatgan holda milliy standartlar bo‘yicha baholangan kamida 3 ta
o‘xshash loyihani (shu jumladan xususiylashtirishni) amalga oshirgan bo‘lishi.
Mijozlardan yozma tavsiyalar berishga ruxsat beriladi (baholash tashkilotining
muhri bilan tasdiqlangan nusxalari);
• Shartnoma tuzilgunga qadar (litsenziya berilgan sana bilan belgilanadi)
kamida 1 yil davomida (aktivlarni) baholash faoliyatini amalga oshirish;
13. Ijrochining majburiyatlari:
6
- baholash faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarga rioya qilish;
- buyurtmachining iltimosiga binoan, baholash ishlari bo‘yicha shartnoma
tuzishdan oldin, baholash tashkilotlarining professional jamoat birlashmalaridan
biriga a’zolik, baholashda bevosita ishtirok etadigan baholovchining
(baholovchilarning) malaka sertifikatini taqdim etishi;
- buyurtmachini baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida obyektiv
baholashga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi sababli uning
baholashda ishtirok etishi mumkin emasligi to‘g‘risida xabardor qilish;
- buyurtmachining iltimosiga binoan bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘liq
ma’lumot berish;
- baholash jarayonida olingan hujjatlarning saqlanishini ta’minlash;
- 3 yil davomida baholash davomida Buyurtmachidan olingan
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash (ushbu muddat tugagunga qadar ishdan
bo‘shatilgan xodimlar tomonidan ham ta’minlanishi kerak);
- ijrochi hech qanday tarzda Kompaniya bilan, shuningdek, unga ma’lum
bo‘lgan har qanday potensial investor bilan bog‘liq aloqasi bo‘lmasligi kerak.
Pudratchi Kompaniyani baholash munosabati bilan har qanday potensial
investordan qo‘shimcha haq (kompensatsiyalar) olishga yoki har qanday
kafolatlarga ega bo‘lishga haqli emas. Pudratchi har qanday potensial investor
bilan bog‘langan bo‘lsa yoki Ijrochi (O‘zbekiston yoki boshqa mamlakatlar bilan
bog‘liq bo‘lgan boshqa kompaniyalar, shu jumladan bir xil xalqaro tarmoqqa
kiritilgan kompaniyalar) har qanday ma’lum bo‘lgan potensial investorga
baholash, audit, konsalting yoki boshqa professional xizmatlarni taqdim etgan
taqdirda, Ijrochi, mustaqilligini ta’minlash maqsadida baholash bo‘yicha
shartnomani imzolashdan oldin, bunday xizmatlarni ko‘rsatganligining tafsilotlari
va mazmunini, shu jumladan xizmat turini, xizmatlarni ko‘rsatish muddatini
(yillarini), mamlakatlarni va boshqalarni yozma ravishda oshkor qilishi kerak.
Buyurtmachi qo‘shimcha ravishda baholash jarayonida ko‘rsatilgan faktlarni
tasdiqlash/tasdiqlamaslik uchun tegishli yozma so‘rovlarni kiritish huquqiga ega
bo‘ladi va baholash davrida Ijrochi ushbu ma’lumotlarni har qanday potensial
investorga nisbatan yozma ravishda taqdim etishi shart.
14. Baholash talablari:
Baholashda xarajat/qiyosiy/daromadlarni
baholash yondashuvlaridan
foydalanish mumkin. Ijrochi baholashning har bir yondashuvi doirasida
baholashning o‘ziga xos usullarini mustaqil ravishda belgilashga haqli. Agar har
bir yondashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, Baholash to‘g‘risidagi hisobotning tegishli
bo‘limida baholashga bunday yondashuvni qo‘llashni asosli rad etish kerak.
Yondashuvlar doirasida usullarni tanlash baholovchi tomonidan baholash
obyektining o‘ziga xos xususiyatlari va undan yanada samarali foydalanish
istiqbollari asosida amalga oshiriladi.
Baholash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq
amalga oshiriladi.
7
15. Baholash hisobotiga qo‘yiladigan talablar
Oldindan tasdiqlash uchun Buyurtmachiga hisobot loyihasi elektron shaklda
himoyalanmagan rejimda (tahrirlash imkoniyati bilan), o‘zbek tilidagi barcha hisob
-kitob jadvallari/fayllar Excel formatida himoyalanmagan shaklda (tahrirlash
imkoniyati bilan) taqdim etiladi. Formulalar/munosabatlarning saqlanishi,
shuningdek, skanerlangan ishchi hujjatlarning asl nusxasi va Excel jadvallarida
baholangan obyektining asosiy aktivlarining tavsifi ham taqdim etilishi kerak.
Baholashning yakuniy natijalari Buyurtmachiga belgilangan tartibda ikki
nusxada tuzilgan baholash obyektining baholash to‘g‘risidagi yozma hisobot
shaklida taqdim etilishi kerak (keyingi o‘rinlarda – Hisobot deb yuritiladi).
Hisobot baholashda foydalanilgan hujjatlarning nusxalarini o‘z ichiga olgan
ilovalar bilan to‘ldiriladi.
Jamiyat tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan
bo‘lishi kerak: qog‘oz nusxasi tashkilot rahbari yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan
boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi va ushbu yuridik
shaxsning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Hisobot sahifadan sahifaga raqamlangan, muhrlangan va Baholovchi va
Ijrochi rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
16. Baholash hisoboti uchun alohida talablar
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholash sanasi bo‘yicha baholanayotgan
obyektga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar, tugallanmagan qurilish va boshqa
aktivlar bahosi tavsifi alohida ilovaga kiritilishi kerak. Ushbu aktivlarning bozor
qiymatini hisoblash natijalari, shu jumladan obyektlar bo‘yicha jadval shaklida
berilishi kerak.
17. Hisoblash uchun maxsus talablar
Baholash bo‘yicha hisobotda har bir yondashuvda qo‘llaniladigan
yondashuvlar, usullar va hisoblash tartib-qoidalarining tavsifi bo‘lishi kerak,
qo‘llaniladigan yondashuvlar va har bir yondashuvda qo‘llaniladigan usullarni
tanlash asoslanishi kerak.
8
Eng yaxshi takliflarni tanlab olish bo‘yicha
TEXNIK HUJJAT
Buyurmachi – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi
Eng yaxshi takliflarni tanlab olish bo‘yicha
MA’LUMOT
T/r
Umumiy ma’lumotlar
Izoh
Davlat aktivlarini
boshqarish agentligi Toshkent shahar
hududiy boshqarmasi
1
Buyurmachining nomi
2
Buyurmachining manzili
100066, Toshkent sh. I.Karimov
ko‘chasi, 55-uy
3
Buyurtmadan ko‘zlangan
maqsad
Realizatsiya qilish
4
Boshlang‘ich narxi
▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть,0 so‘m
5
Tanlash uslubi
6
Moliyalashtirish manbai
7
Avans to‘lovi
8
Qolgan to‘lovi
9
To‘lov shakli
10
To‘lov valyutasi
Baholashni amalga
oshirish muddati
11.
12
Baholashni yakunlash
Baholash orqali
Maqsadli jamg‘arma
30%
(umumiy qiymatidan)
70%
(Umumiy qiymatidan)
Naqd ko‘rinishida
emas
Milliy valyuta (so‘m)
7 kun
tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.
9
ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH BO‘YIChA TANLOV
KOMISSIYASINING ISH TARTIBI
(REGLAMENT)
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasining ish
tartibi 2021 yil 22 apreldagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi 684-son Qonuni
talablari doirasida amalga oshiriladi.
1.2. Mazkur
tanlov
komissiyasining
ish
faoliyati,
mezonlari
va baholash tartibi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar
hududiy boshqarmasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
1.3. Boshlang‘ich narxini belgilash, e’longa 5 ish kunidan kam bo‘lmagan
vaqtga chiqarish, texnik hujjatlari ishlab chiqadi hamda tanlov komissiyasi
tomonidan qabul qilingan qaror bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi(yoki boshqa
hujjatlar bilan).
1.4. Eng yaxshi takliflarni tanlash va g‘olibni aniqlash mezonlari tovar (ish,
xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifatiga ham
e’tibor qaratadi.
1.5. Ishtirokchilar tomonidan noto‘g‘ri, yolg‘on va/yoki shunga o‘xshash
maqsadga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlar biriktirilgan taqdirda tanlov komissiyasi
tomonidan “0” baho bilan baholash va/yoki bunday ishtirokchini tanlov
jarayonidan chetlashtirish vakolatini o‘zida saqlab qoladi.
II. Tanlov komissiyasining ish faoliyatini tashkil qilish
va kelib tushgan takliflarni o‘rganib chiqish hamda baholash.
2.1. Tanlov komissiyasi tomonidan texnik topshiriq hamda texnik hujjat
ishlab chiqiladi, boshlang‘ich narxini aniqlash imkoni bo‘lmaganida ixtisoslashgan
tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi va so‘rovnomaga asosan kelib tushgan
takliflar orasidan eng arzon taklif etilgan tijorat taklifi boshlang‘ich narx sifatida
belgilanadi, shuningdek zururiyatga ko‘ra boshqa hujjatlar ishlab chiqiladi hamda
komissiya kotibi tomonidan bayonnoma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
2.2. Eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasi tomonidan
kelib tushgan takliflar o‘rganib chiqiladi, tahlil qilinadi, komissiya raisi ishtirokida
yig‘ilish tashkil etiladi va baholash ishlari komissiya kotibi tomonidan bayonnoma
ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, shuningdek tanlov komissiyasi quyidagilarni
alohida ko‘rib chiqadi va o‘rganadi, xususan:
– tanlov jarayonida tanlov komissiyasi tomonidan ishtirok etayotgan
ishtirokchilarning takliflari o‘rganiladi;
– ishtirokchilarning malakasi va tajribasi;
– tashkilotning tajribasi va malakasi;
– Baholashni amalga oshirish muddatlari;
– taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, ularning rasmiylashtirilishi(imzo,
muhr), ma’lumotlardagi sifat va ko‘rilgan puxta tayyorgarligi, taqdim qilingan
hujjatlar imkoniyat darajasida tekshiriladi;
10
– taqdim etilayotgan ma’lumotlarda noto‘g‘ri, yolg‘on ma’lumotlar taqdim
etilmaganligi (mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda);
– taqdim etilayotgan ma’lumotlarda noto‘g‘ri, yolg‘on ma’lumotlar
aniqlangan taqdirda ularga nisbatan ko‘riladigan choralar va oqibatlarining chuqur
tahlili (mavjud imkoniyatdan kelib chiqqan holda);
2.3. Komissiya kotibi tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida
tanlov komissiyaning baholagan ballari tizimga kiritiladi va tanlov komissiyasi
a’zolari tomonidan kiritilgan baholar tanlov komissiyasi tomonidan elektron imzo
orqali tasdiqlanadi.
2.4. Tanlov ishtirokchilari minimal o‘tish ballarini to‘play olmagan
taqdirda keyingi bosqichga avtomatik ravishda tizim tomonidan o‘tkazilmaydi.
2.5. G‘olib aniqlanganidan so‘ng 2 kunlik muddatga portalga
joylashtiriladi, muhokama yakunlanganidan so‘ngina tegishli hujjatlar
rasmiylashtiriladi va tegishli tarkibiy bo‘linmalar shartnoma loyihasi qayta ko‘rib
chiqilib tizimga yuklanadi.
2.6. Tanlov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish natijalari(ichki tanlov
bayonnomalari) haqidagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va oshkor etishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
2.7. G‘olib bo‘lgan ishtirokchi tomonidan shartnoma loyihasi ko‘rib
chiqiladi va imzolanadi.
2.8. Shartnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab texnik topshiriqqa
muvofiq tegishli ishlar boshlanadi.
Texnik qismini baholash bo‘yicha
MA’LUMOT
1-jadval
T/r
Mezonlar
va talablar
Baholash usuli
Ball
1.
Baholashni amalga oshirish
bo‘yicha jalb qilinayotgan
mutaxassislarning malakasi va
tajribasi
Tanlov komissiyasi
tomonidan taqdim
etilgan takliflardan
kelib chiqib baholanadi
20 ball
2.
Baholashni amalga oshirish
bo‘yicha jalb qilinayotgan
kompaniya (konsultant)ning
malakasi va tajribasi
Tanlov komissiyasi
tomonidan taqdim
etilgan takliflardan
kelib chiqib baholanadi
20 ball
Baholashni amalga
oshirish muddati
Tanlov komissiyasi
tomonidan taqdim
etilgan takliflardan
kelib chiqib baholanadi
10 ball
3.
11
4.
Tanlov komissiyasi
tomonidan taqdim
etilgan takliflardan
kelib chiqib baholanadi
Texnik qismining jami baholanishi:
Baxolovchi tashkilotlar
asotsiatsiyasiga a’zoligi
to‘g‘risidagi xujjatlar
10 ball
60 ball
Texnik qismini baholash bo‘yicha
Tanlov komissiyasi tomonidan kelib tushgan takliflardan eng yaxshisini
tanlab
olish
maqsadida,
takliflar
o‘rganib
chiqiladi
va baholash ishlari amalga oshiriladi. Taqdim etilgan takliflar orasidan noto‘g‘ri
va/yoki yolg‘on ma’lumotlar tanlov komissiyasi tomonidan aniqlangan taqdirda
bunday ishtirokchiga “0” ball yoki tanlov jarayonidan chetlashtiriladi
(diskvalifikatsiya). Shuningdek, minimal keyingi bosqichga o‘tish ballarini to‘play
olmagan tanlov ishtirokchilari keyingi bosqichga avtomatik ravishda
o‘tkazilmaydi.
Narx qismining baholanishi bo‘yicha
MA’LUMOT
2-jadval
T/r
Mezonlar
va talablar
Baholash usulida
Ball
1.
Taqdim etilgan
tijorat taklifi
Tizim tomonidan
avtomatik ravishda
baholanadi
40 ball
Narx qismining jami baholanishi:
40 ball
Narx qismining baholanishi bo‘yicha
Mazkur jarayonda tanlov komissiyasining ishtirokisiz tizim tomonidan
avtomatik ravishda baholanadi.
* – keyingi bosqichga minimal o‘tish bali 30 ball
| Название | Тип тендера | Цена | Период показа |
|---|---|---|---|
|
Электронный аукцион
#318577285 |
214 000 000
|
2 дня
27.11.2025 04.12.2025 |
|
|
Конкурс
#318688341 |
1 660 375 358
|
11 дней
28.11.2025 12.12.2025 |
| Название | Тип тендера | Цена | Период показа |
|---|---|---|---|
|
Тендер №309305868
Посуда лабораторная (с результатом)
|
Единственный поставщик
#309305868 |
2 565
|
срок истек
18.09.2025 - |
|
Тендер №309305817
Поставка колорантов и морилки
|
Запрос предложений
#309305817 |
25 200
|
срок истек
18.09.2025 22.09.2025 |
|
Запрос предложений
#309305783 |
45 835
|
срок истек
18.09.2025 22.09.2025 |
|
|
Запрос предложений
#309305782 |
45 400
|
срок истек
18.09.2025 19.09.2025 |
|
|
Тендер №309305693
Поставка противогололедного реагента (с результатом)
|
Запрос котировок
#309305693 |
41 745
Обеспечение контракта:
10% |
срок истек
18.09.2025 25.09.2025 |
| Название | Тип тендера | Цена | Период показа |
|---|---|---|---|
|
Конкурс
#309306098 |
87 000 000
|
срок истек
18.09.2025 25.09.2025 |
|
|
Конкурс
#309306095 |
235 000 000
|
срок истек
18.09.2025 25.09.2025 |
|
|
Конкурс
#309301493 |
608 000 000
|
срок истек
18.09.2025 25.09.2025 |
|
|
Конкурс
#309298315 |
560 000 000
|
срок истек
18.09.2025 25.09.2025 |
|
|
Конкурс
#309298314 |
450 000
|
срок истек
18.09.2025 25.09.2025 |
| bicotender.ru - Первая и самая полная поисковая система тендеров и закупок России и СНГ |
Москва ул.Марксистская, д.34 Телефон: (495) 660-06-03 |