Вход в личный кабинет

Тендер - Водоэмульсия (Водоэмульсия №268774410

Описание тендера: Узбекистон Махаллалар уюшмасининг Бойсун туман бўлими объявляет тендер: Водоэмульсия (Водоэмульсия
Сумма контракта: 4 805 248,00 UZS Получить финансовую помощь
Начало показа: 19.03.2024
Окончание: 02.04.2024 09:44:23
Тендер №: 268774410
Тип: Конкурс Тендерная аналитика
Отрасль: Химия / Бытовая химия
Регион: Узбекистан / Сурхандарьинская область
Регион поставки: Узбекистан / Сурхандарьинская область
Источник: ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒

Зарегистрируйтесь и получите полную информацию о Заказчике, аналитику по снижению им цены и основным поставщикам.

Лот 1

Предмет контракта: Водоэмульсия (Водоэмульсия
Цена контракта: 4 805 248,00 UZS Количество: 346 кг

Задать вопрос по тендеру: 
Документация
202403143756670953.docx 22 КБ 19.03.24 13:57 Действующая
202403143756730154.pdf 8,9 МБ 19.03.24 13:57 Действующая

Оглавление

    ▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒▒ - открыть

    JORIY TA’MIRLASh IShLARINI BAJARISh BO‘YIChA ShARTNOMA № ___

    «__» _________ 2024 yil __________ tumani

    "____________________________" _______, bundan buyon «Ish bajaruvchi» deb ataluvchi, raxbari _______________________ Nizom asosida ish yurituvchi bir tomondan va ___________________________________________, bundan buyon «Buyurtmachi» deb ataluvchi, rahbari ____________________________________ Nizom asosida ish yurituvchi ikkinchi tomondan quyidagilar to‘g‘risida shartnoma tuzadilar:

    1.ShARTNOMANING MAZMUNI.

    1.1 «Ish bajaruvchi» «Buyurtmachi» tomonidan buyurtma qilingan ish xajmini, ya’ni _ joriy ta’mirlash ishlarini loyixa smeta hujjatlari asosida bajarib beradi, (keyingi o‘rinlarda «Bajariladigan ishlar» deb yuritiladi) «Buyurtmachi» esa bajarilgan ishlarni qabul qilib, mazkur shartnoma shartlari asosida to‘lovlarni amalga oshiradi.

    2 IShLAR.BAJARILADIGAN NING UMUMIY QIYMATI.

    2.1 Bajariladigan ishlarning qiymati Respublikamiz milliy valyutasi so‘mda belgilanadi.

    2.2 Shartnoma umumiy summasi QQS bilan _________(___________________________________) so‘mni tashkil qiladi.

    3.TO‘LOV ShARTLARI.

    3.1. «Buyurtmachi» mazkur shartnoma g‘aznachilik organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab 3(uch) kalendar kuni ichida qonunchilikka muvofiq shartnoma umumiy summasidan 30% miqdorida oldindan to‘lash majburiyatini oladi, qolgan 70% ni bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangandan so‘ng 2(ikki) kalendar kuni ichida qabul qilish dalolatnomasi, hisob-faktura v.b. asosida to‘laydi.

    3.2. Bajariladigan ishlar yakunlangandan keyin «Ish bajaruvchi», «Buyurtmachi»ga bajarilgan ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taqdim etadi.

    3.3. «Buyurtmachi» dalolatnoma va unga ilova qilingan boshqa hujjatlarni olgandan keyin 2(ikki) bank ish kuni ichida imzolangan dalolatnomani yoki bajarilgan ishlarni qabul qilishni asosli ravishda rad qilish xatini «Ish bajaruvchi»ga yuboradi.

    3.4. Rad qilingan holatda, bajarilgan ishlarni qabul qilishni asosli ravishda rad qilinishi yuzasidan kamchilikliklarni bartaraf etish ro‘yxati va muddati bo‘yicha tomonlar o‘rtasida dalolatnoma tuziladi.

    4.IShLARNING BAJARILISh TARTIBI

    4.1. Joriy ta’mirlash ishlari 2024 yil ____-________ kuni boshlanib, 2024 yil _____-_________kuni yakunlanadi.

    4.2. Mazkur shartnoma belgilangan tartibda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va shartnoma talablari va shartlariga muvofiq ijro etilishi shart.

    4.3. Shartnomani shartlarini bajarishni bir tomonlama rad qilish yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama tartibda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida o‘rnatilgan hollar bundan mustasno.

    4.4. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning ijrosini ta’minlagan taqdirda shartnoma bajarilgan hisoblanadi.

    4.5. Buyurtmachining roziligi bilan ishlar muddatidan avval ko‘rsatilinishi mumkin.

    4.6. Bajarilgan ishlar bevosita Buyurtmachining mas’ul xodimlari tomonidan bajarilgan ishlar miqdori va ularning sifati ko‘rsatiladigan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi.

    5. TOMONLARNING MAJBURIYaTLARI.

    5.1. «Buyurtmachi»:

    - tanlovni o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi;

    - tanlov g‘olibi bo‘lgan «Ish bajaruvchi» bilan shartnoma tuzish yoki tanlov g‘olibi bo‘lgan «Ish bajaruvchi» bilan shartnoma tuzishni rad etish muddatiga rioya etilishi (ajratilgan budjet mablag‘lari kamayishi holatlari bundan mustasno);

    - tomonlar o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlarini bajarish tugallangandan keyin besh yil mobaynida tanlov predmeti bo‘yicha e’lonlar va texnik hujjatlarning asl nusxalari saqlanishi uchun javob beradi.

    5.2. «Ish bajaruvchi» buyurtma qilingan ishlarni shartnomada belgilangan muddatda bajarganda, bajarilgan ishlarni qabul qilib olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun «Buyurtmachi» «Ish bajaruvchi»ga qabul qilib olinmagan (o‘z muddatida qabul qilib olinmagan) ishlar qiymatining 5 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

    Qabul qilib olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, «Ish bajaruvchi» jarima undirishdan tashqari, ushbu ishlar bajarilganligining kafolatlarini taqdim etgan holda, o‘z muddatida qabul qilib olinmagan ishlar qiymati to‘lanishini talab qilishga haqlidir.

    5.3. To‘lov talabnomasi akseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida ishlar haqini to‘lashdan bosh tortganlik uchun Buyurtmachi «Ish bajaruvchi»ga o‘zi to‘lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

    Bajarilgan xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun Buyurtmachi xizmat ko‘rsatuvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.

    5.4. «Ish bajaruvchi»:

    - tanlovda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi;

    - miqdor, sifat, texnik parametrlar, shuningdek taklif etilayotgan xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari va joyi bo‘yicha yetkazib beruvchi buyurtmanomalari shartlarining buyurtmachi buyurtmanomalarida nazarda tutilgan shartlarga muvofiqligi;

    - tanlov shartlarining boshqa buzilishlari;

    - tuzilgan kontrakt shartlarining bajarilmaganligi uchun javob beradi.

    5.5. Agar bajarilgan ishlar standartlar, sifati, texnik shartlar, qonun hujjatlarida yoki xo‘jalik shartnomasida belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, buyurtmachi ishlarni qabul qilish hamda ularning haqini to‘lashni rad etib, «Ish bajaruvchi»dan sifati lozim darajada bo‘lmagan xizmatlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga, ishlar haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan summani belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir. Sifati lozim darajada bo‘lmagan ishlar ko‘rsatganligi uchun jarima xizmat ko‘rsatuvchidan akseptsiz tartibda undirib olinadi.

    5.6. Ishlarni bajarish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki ko‘rsatilmagan hollarda «Ish bajaruvchi» «Buyurtmachi»ga har bir o‘tkazib yuborilgan kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq penyalarning umumiy summasi ko‘rsatilmagan xizmatlar qiymatining 50 foizidan oshiga yo‘l qo‘yilmaydi. Penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni kontraktni tegishli tarzda bajarish va ishlarni bajarish muddatini o‘tkazib yuborilishi yoki ko‘rsatilmasligi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplab berish majburiyatidan ozod qilmaydi

    6. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI.

    6.1. Kelishmovchiliklar va bahslar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.

    6.2. Tomonlar kelishmovchilik va bahslarni hal etish uchun bevosita iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqlidir.

    6.3. Tomonlar iqtisodiy sudga murojaat qilgan taqdirda, sud ishi da’vogar joylashgan manzildagi iqtisodiy sudda ko‘rib chiqiladi.

    7. FORS-MAJOR

    7.1. Ushbu shartnomaga asosan majburiyatlarni bajarilmasligi holatlari yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar natijasida vujudga qelganda tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmaslikdan qisman yoki to‘liq ozod bo‘ladilar.

    7.2 Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlariga tomonlarning irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi.

    7.3 Shartnoma tomonlaridan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sababli bajarmaslik ma’lum bo‘lsa, darhol ikkinchi tomonga bu xaqda 10 kun ichida ushbu holatlar harakati sababini dalillar bilan taqdim etishi lozim.

    7.4. Shartnomaga asosan majburiyatlarni ijro qilish muddati ushbu yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar davom etish muddatiga qadar uzaytiriladi. Agar yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) ta’siri 60 kundan ortiqroq davom qilsa, tomonlar tashabbusiga binoan shartnoma bekor qilinishi mumkin.

    8.QO‘ShIMChALAR.

    8.1. Ikki tomonning o‘zaro yozma kelishuviga asosan mazkur shartnomaga kiritiladigan o‘zgarish va qo‘shimchalar qonuniy kuchga ega buladi. O‘zgarish va qo‘shimchalar shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

    8.2. Qilingan ilovada ikki tomonning muhri va imzosi hamda xizmat ko‘rsatuvchi huquqshunosning qonunchilik bo‘yicha imzosi bilan tasdiklangan bo‘lishi shart.

    8.3 «Buyurtmachi» quyidagi hollarda sharnomani bekor qilishga haqli:

    «Ish bajaruvchi»ning aybi bilan ishlarni bajarishni sustkashlik bilan to‘xtatib turilishi ya’ni mazkur shartnoma shartidagi joriy ta’mirlash ishlarini yakunlash muddati 5 (besh) kunga oshib ketganda:

    «Ish bajaruvchi»ning shartnoma shartlarini buzishi natijasida loyixa smeta xujjatlarida ko‘rsatilgan ishlarning sifati pasayganda:

    8.4 «Ish bajaruvchi» quyidagi hollarda sharnomani bekor qilishga haqli.

    «Buyurtmachi» tomonidan ish bajaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha qurilish montaj ishlarini borishini 5 (besh) ish kuni muddatidan ortiq to‘xtatib turganda:

    8.5 «Buyurtmachi» va «Ish bajaruvchi»ning birgalikdagi qarori bo‘yicha shartnoma bekor qilinganda «Buyurtmachi» ga tugatilmagan qurilish topshiriladi, «Buyurtmachi» esa «Ish bajaruvchi»ga ular tomonidan aniqlangan, bajarilgan ishlar hajmining qiymatini to‘laydi.

    8.6 «Buyurtmachi» tomonidan ob’ektning kafolatlangan davri davomida uning me’yorida foydalanishga yo‘l berilmaydigan kamchiliklari aniqlansa, kafolat muddati ular bartaraf qilgunga qadar bo‘lgan vaqtgacha uzaytiriladi. Kamchiliklarni bartaraf qilish «Ish bajaruvchi» hisobidan amalga oshiriladi.

    8.7 Kamchiliklari mavjudligi va ularni bartaraf qilish muddatlari «Ish bajaruvchi» va «Buyurtmachi»ning ikki tomonlama dalolatnomasida aks ettiriladi.

    8.8 Agar «Ish bajaruvchi» aniqlangan kamchiliklar dalolatnomasida ko‘rsatilgan muddat ichida bajariladigan ishlarni bartaraf etmasa ularni «Buyurtmachi» boshqa ish bajaruvchining kuchi bilan bajarib, xarajatlarni sobiq «Ish bajaruvchi» to‘lashi orqali bartaraf qilishga haqli.

    8.9 «Ish bajaruvchi» aniqlangan kamchiliklar dalolatnomasini tuzish yoki imzolashdan bosh tortganda, «Buyurtmachi» malakali ekspertizasini tayinlaydi, ekspertiza kamchiliklar va ularni tuslarini aks ettirish bo‘yicha tegishli dalolatnoma tuzadi hamda tarafni mazkur masala bo‘yicha iqtisodiy sudiga murojaat qilish huquqini istisno qilmaydi.

    8.10 «Ish bajaruvchi» qurilish ob’ektining loyixa smeta hujjatlarini yoki uning ayrim qismlarini «Buyurtmachi» ning yozma ruxsatisiz birorta uchinchi shaxslarga sotish yoki berish huquqiga ega emas.

    8.11 «Ish bajaruvchi»ning aybi bilan qurilish ta’mirlash ishlarini bajarish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar «Ish bajaruvchi» tomonidan qoplanadi.

    8.12. Ushbu shartnomada tomonlarning ko‘zda tutilmagan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solinadi.

    9. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI.

    9.1. Mazkur shartnoma g‘aznachilik bo‘linmalarida majburiy tartibda ro‘yxatga olingan vaqtdan kuchga kiradi va 2023 yilning “31” dekabrigacha amal qiladi.

    9.2. Shartnomaning amal qilishi bir tomonning tashabbusiga ko‘ra 1 (bir) oy davomida boshqa tomonga yozma ariza topshirgan kundan boshlab, barcha o‘zaro hisob-kitoblar tugaganligi muddatidan avval to‘xtatilishi mumkin. Tomonlar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlagan hollarda kontrakt bajarilgan hisoblanadi.

    9.3. Shartnomaning amal qilish muddatini tugashi tomonlarni javobgarlikdan ozod qilmaydi.

    11.TOMONLARNING YuRIDIK MANZILI VA REKVIZITLARI.

    - Посмотреть таблицу с данными

    Yurist xulosasi: Men _________________________________________________________ ning yuristi _________________________________ 2024 yil «____» _____________da tuzilgan №____-sonli ushbu shartnoma loyixasini tekshirib O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining va «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-xuquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonun hamda boshqa qonun xujjatlari talablariga muvofiqligini aniqladim. _________________ «____» ___________ 2024 yil

    Похожие тендеры

    Название Тип тендера Цена Период показа
    Электронный аукцион
    #280444678
    1 750 000
    21 час
    19.09.2024
    26.09.2024
    Электронный аукцион
    #280561376
    5 800 000
    6 дней
    25.09.2024
    02.10.2024

    Тендеры из отрасли Бытовая химия

    Название Тип тендера Цена Период показа
    Электронный аукцион
    #268774251
    449 759
    срок истек
    19.03.2024
    27.03.2024
    Не определен
    #268774236
    449 759
    срок истек
    -
    27.03.2024
    Единственный поставщик
    #268774163
    11 100
    срок истек
    19.03.2024
    -
    Единственный поставщик
    #268774140
    1 820
    срок истек
    19.03.2024
    -
    Запрос предложений
    #268774082
    1 687 500
    срок истек
    -
    28.03.2024

    Тендеры из региона Сурхандарьинская область

    Название Тип тендера Цена Период показа
    Конкурс
    #268774399
    22 000 000
    срок истек
    -
    28.03.2024
    Электронный аукцион
    #268774028
    520 000
    срок истек
    -
    28.03.2024
    Электронный аукцион
    #268774027
    170 000
    срок истек
    -
    28.03.2024
    Электронный аукцион
    #268774026
    200 000
    срок истек
    -
    28.03.2024
    Электронный аукцион
    #268774025
    320 000
    срок истек
    -
    28.03.2024